Xaver Maskerano qishda Xitoyga ketishi mumkin

Tolibjon Qosimov
5 okt 2016, 15:21
"Barselona"ning argentinalik universal futbolchisi Xaver Maskerano Xitoy chempionatiga o'tishi mumkin.
Bu xabarni "AS" nashri tasdiqlamoqda. Futbolchiga mahalliy liganing bir nechta jamoasi qiziqish bildirgan. Ular Maskeranoni qishdayoq sotib olishga tayyorlar. "Ko'k-anorranglilar" o'yinchini sotmoqchi emaslar, ammo unga munosib o'rinbosar topilsa istisno qilinishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: AS