Xaver Maskerano: "Messi doimo yuqori sport formasida bo'la olmaydi"
Tolibjon Qosimov
2 noya 2013, 12:45
"Barselona" yarim himoyachisi Xaver Maskerano Ispaniya chempionatining 12-turidan o'rin olgan "Espanol"ga qarshi o'yindan (1:0) so'ng Lionel Messi haqida gapirib berdi.
"O'ylashimcha, Messi o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsata olmadi, ammo undan doim eng yaxshi sport formasida bo'lishini kuta olmaymiz. U jamoa uchun o'ta muhim o'yinchi", – deydi Maskerano.