Xaver Maskerano 4 ta o'yinga chetlatilishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
26 okt 2015, 19:10
Marca nashrining xabar qilishicha, "Barselona" futbolchisi Xaver Maskerano 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, futbolchi "Eybar"ga qarshi o'yinda yon hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgandi.

Reglament bo'yicha, La Liga ahloq qo'mitasi agar futbolchini 4 ta o'yinga chetlatsa, Maskerano "Real"ga qarshi bo'lib o'tadigan 12-tur o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca