
Ushbu mavsumda jamoamga yordam bera olmadim. Chunki maydonga juda kam tushirildim. Maydondan tashqarida turib, jamoam yutqazayotganini ko'rish juda qiyin bo'ldi.
Har bir futbolchi o'ziga ko'proq ishonishlarini va imkon berilishini istaydi. Bu tabiiy. Lekin maydonga faqat 11 futbolchi tushirilishi mumkin. Bu futbol qonuni. Biz o'zimizdan kutilgan natijalarni qayd eta olmadik. Lekin endi omadsizliklarni unutishimiz kerak. Men yangi mavsumni sabrsizlik bilan kutmoqdaman.