Xaver Chevanton futbolchilik faoliyatini yakunladi

Aziz Tukhtamuradov
2 sen 2015, 20:52
Urugvaylik 35 yoshli futbolchi Xaver Chevanton faoliyatini yakunlashini e'lon qildi.

U Yevropada "Sevilya" va "Monako" kabi jamoalarda to'p tepib mashhurlikka erishgan. Futbolchi shuningdek, "Atalanta", "Kolon", "Kuinz Park Reynjers", "Danubio" va "Lechche" kabi jamoalarda ham faoliyat olib borgan.

"19 yillik faoliyatimdan so'ng futbolni tark etish vaqti keldi. Futbol menga katta baht, shuningdek, terma jamoa safida o'ynash imkoniyatini ham taqdim etdi", - deb yozadi futbolchi o'z tvitterida.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net