Xasan Salixamidjich: "Sevilya" MYUni chiqarib yuborganini unutmaylik"
Tolibjon Qosimov
17 mar 2018, 11:07
"Bavariya" sport direktori Xasan Salixamidjich Chempionlar ligasi chorak finaliga tashlangan qur'adan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu o'yinlarni sabrsizlik bilan kutaman. Albatta, bizga oson bo'lmaydi. Keling, "Sevilya" "Manchester Yunayted"ni chiqarib yuborganini unutmaylik", - dedi Salixamidjich UEFA rasmiy saytiga.