Xart: “Vest Xem”ga bitta yaxshi o'yin kerak

30 noya 2017, 01:15
“Vest Xem”da ijara asosida to'p tepayotan “Manchester Siti” posboni Jo Xartning aytishicha, uning jamoasida biroz ishonch yetishmayapti.

“Hammasi bir qarashda oddiy. Devid Moyesdan futbolchilarni bir maqsad sari to'g'ri yo'naltira olish talab etiladi. Menimcha, Moyes murabbiy sifatida kuchli va u o'yinni to'g'ri tashkil eta oladi. Uning har bir mashg'ulotlari qiziqarli o'tmoqda. Kimdandir mashg'ulotlarda 100 foiz o'zini ko'rsatishini talab etish qiyin ish emas, shunchaki biz o'z ishimizni a'lo darajada bajarishimi kerak.

“Lester”ga qarshi bahsda biz yaxshi o'yin ko'rsatdik va raqib bir amallab durangga erisha oldi. Biz o'zimizga bo'lgan ishonchni his qilishimiz uchun yana bitta yaxshi uchrashuvni o'tkazishimiz kerak”, deydi Xart.

O'xshash yangiliklar


Manba: Evening Standard