Xart: "Meni "Man Siti"ni sevuvchi futbolchi sifatida eslab qolishlarin istayman"

Aslanov Jasurbek
22 fev 2016, 14:16
"Manchester Siti" posboni Jo Xart jamoadagi tajribali futbolchilarning roli haqida fikr bildirdi.

Xart 10 yildan beri "shaharliklar" sharafini himoya qiladi.

"Avvaliga jamoada men paydo bo'ldim, ikki yil o'tib - Vinni (Vensan Kompani), yana ikki haftadan so'ng Sabaletda keldi. O'shanda menga jamoa ikki markaziy yarim himoyachi bilan to'ldirilganini aytishdi. Saba bilan bu yerda xuddi tug'ilganimizdan beri o'ynayotgandekmiz. Bu uchligimiz hozir ham "Siti" sharafini himoya qilayotgani juda yaxshi xolat. Men mahalliy yigitlar bilan muloqotni o'z bo'yinmga olganman, Vinni francuzcha gapiradiganlar va yevropaliklarga yordam beradi, Saba esa - lotinamerikaliklar va ispanlar uchun katta akadek. Ularning vazifasi menikidan qiyinroq. Jamoada 3 nafar veteran bo'lgani ijobiy xolat. Iloji boricha ko'proq "Siti"da qolmoqchiman. Meni "Siti"ni sevuvchi futbolchi sifatida eslab qolishlarini istayman" - deydi Xart.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports