Xart - mart oyida Manchester Siti eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
3 apr 2015, 07:58
Manchester Siti muxlislari jamoa posboni Jo Xartni mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topishdi.
Angliya terma jamoasi asosiy darvozaboni o'tgan oy ajoyib formada edi va YCHL 1/8 finali javob uchrashuvida Barselonaga qarshi bahsdagi o'yini uchun ham bu nomga loyiq, - deyiladi klub rasmiy saytida.

Bu mavsumda Xart birinchi bor bunday sovringa ega chiqdi. U fevral oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lgan David Silvadan ikki baravar ko'p ochko to'pladi. Uchinchi o'rinni Xesus Navas band etdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru