Xarri Maguayr APLda oy o'yinchisi deb topildi

Administrator
6 dek 2023, 20:47
Himoyachi noyabr oyining eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi.

"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Xarri Maguayr Angliya Premer Ligasining noyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Futbolchi bu mukofot uchun o'tkazilgan so'rovnomada "Chelsi" o'yinchisi Rahim Sterling, "Man Siti" vakili Jeremi Doku, "Luton" darvozaboni Tomas Kaminskiy, "Nyukasl" hujumchisi Entoni Gordon va "Bornmut" yarim himoyachisi Markus Tavenerni ortda qoldirgan.

Ma'lumot uchun, Maguayr MYU bilan noyabr oyida Fulxem (1:0), Luton Taun (1:0) va Everton (3:0) jamoalariga qarshi maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Fut Sheriff