Xargrivz dunyoning eng yaxshi hujumchisi kimligini aytdi

20 may 2020, 02:05
"Bavariya" va "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Ouen Xargrivz Myunxen klubi hujumchisi Robert Levandovskining o'yiniga yuqori baho berdi.

"Levandovski ayni damda dunyoning eng yaxshi "to'qqizlik" hujumchisi hisoblanadi. U o'yinlarni deyarli o'tkazib yubormaydi. So'nggi yillarda u zarbalarini mukammallashtirdi. Robert jamoaviy o'yinchi ekaniga ishonaman, u xudbin emas. U Myullerni juda yaxshi tushunadi, agar qanotlarga Koman va Gnabrini qo'shsangiz, hujum chizig'i yanada kuchayadi. Levandovski – "Bavariya"ning eng yaxshi futbolchisi. Ular bunday hujumchi bilan YCHLni yana bir bor yutishlari mumkin", - dedi Xargrivz.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal