Xamshik Slovakiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Alisher
24 may 2022, 11:53
"Trabzonspor" yarim himoyachisi Marek Xamshik Slovakiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi.

34 yoshli xavbek 2007 yildan beri Slovakiya terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan edi.

U milliy jamoada jami 134ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol va 20ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi bunga qadar "Gyoteborg", "Dalyan Profeshnl", "Napoli", "Breshia" va Bratislavaning "Slovan" jamoasi safida harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/hamsikofficial