Xamesning xotini: "Hech narsa deya olmayman, ammo erim "Real"da qolmoqchi"

Aslanov Jasurbek
26 apr 2017, 12:12
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodrigesning ayoli Daniela Ospina turmush o'rtog'i klubni o'zgartirmoqchi ekanligi haqidagi ma'lumotni tasdiqlamadi.

"Xames bor e'tiborini "Real"dagi vazifalariga qaratgan. Qaror qabul qilish kerak bo'lsa, u buni bajaradi. Hech narsa deya olmayman, ammo erim "Real"da qolmoqchi" - deydi Ospina.

Xames Rodriges joriy mavsum LaLiganing 17 ta uchrashuvida maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca