

Kolumbiyalik futbolchiga Angliya yoqmadi. Unga ob-havo, bojxona rasmiylashtiruvidagi qiyinchiliklar, texnikaga emas, kuchga tayangan APL futboli yoqmadi.
Jamoa bosh murabbiyligida Karlo Anchelotti bor, ammo salbiy jihatlar unga umuman yoqmayapti. Shu sabab u Madridga qaytishni va unga oldin qiziqish bildirgan "Atletiko" klubiga o'tishni xohlamoqda.
Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.



