Xames: "Zidanning qaytgani hech nimani o'zgartirmaydi"

Mirjalol Normatov
18 mar 2019, 21:58
"Bavariya" yarim himoyachisi Xames Rodriges "Real"ga Zinedin Zidan qaytganidan so'ng, o'zi ham "qirollik klubi"da faoliyatini davom ettirishi mumkinligi borasida gapirdi.

"Zidan bilan munosabatlarda hech qachon muammolar bo'lmagan. Ha, u "Real"ga qaytdi. Ammo bu holat mening mening hayotimga ta’sir qilmaydi. Aniq ayta olaman, bu hech nimani o'zgartirmaydi", - dedi Rodriges.

Xamesning ijara shartnomasi ushbu mavsumdan keyin yakunlanadi. Hozircha "Bavariya" kolumbiyalikni sotib olishi yoki olmasligi borasida bir qarorga kelmagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS