Xames yana bir bor APL jamoasiga rad javobini berdi

Mirjalol Normatov
1 dek 2019, 13:59
"Marca" xabariga ko'ra, "Arsenal" rahbariyati Xames Rodriges bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko'rgan.

28 yoshli kolumbiyalik futbolchi Mesut O'zilning o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rilayotgandi. Biroq futbolchi ushbu g'oyadan voz kechdi.

Gap shundaki, ushbu yozda futbolchiga "Atletiko" va "Napoli" tomonidan qiziqishlar bo'lgan. Xamesning o'zi esa YCHLda qatnashadigan jamoada o'ynashni istamoqda.

Ayni damda "qaymoqranglilar" rahbariyati futbolchining transferidan 40-50 million evro ishlab olishmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal