Xames safga qaytdi

Eldor Akmurzayev
23 mar 2021, 21:10
“Everton” vingeri Xames Rodriges jarohatidan tuzalganini ma'lum qildi.

U oyoq mushaklarini shikastlab olgandi.

“Menda hammasi joyida va 5 aprelga belgilangan "Kristal Pelas"ga qarshi bo'lajak bahsda “Everton”ga yordam berishga tayyorman.

Yaratganga shukur, yaxshiman. Yana o'ynamoqchiman va jamoamga foyda keltirish niyatidaman”, deydi kolumbiyalik.

Xames joriy mavsum APLda 18 o'yinda qatnashib, 5+4 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ua-football.com