Xames Rodriges "San-Lorenso" bilan o'yinga tayyor

Aslanov Jasurbek
20 dek 2014
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges "San-Lorenso"ga qarshi klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida o'ynashga tayyor.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ma'lum qildi. Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 00:30da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, kolumbiyalik "Selta"ga qarshi Ispaniya chempionati o'yinida (3:0) jarohat olgan edi. Unda miya chayqalishi aniqlangan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru