Xames Rodriges: "Agar "Real"ga gol ursam nishonlamayman"
Narzulla Saydullayev
30 apr 2018, 23:51
"Bavariya" yarim himoyachisi Xames Rodriges YCHL yarim finali doirasidagi "Real"ga qarshi bahsdan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
- Bir vaqtlar uying bo'lgan joyga qaytish yoqimli. Agar "Real"ga gol ursam nishonlamayman. "Bavariya" - hozirgi klubim. Bu yerda baxtliman. Finalga chiqishni istayman. Barchamiz finalni orzu qilayapmiz. Bizda ajoyib imkoniyat bor, - deydi Xames.