Xames jarohat oldi, ammo Kolumbiya terma jamoasi uni rasmiy o'yinlarga chaqirdi

Aslanov Jasurbek
3 okt 2016, 11:24
"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges jarohat tufayli ikki hafta maydonga tusha olmaydi.

O'yinchi "Eybar"ga qarshi bahs oldidan mushagini shikastlab olgandi. Ayni damda Rodriges qancha muddatga safdan chiqqani ma'lum emas, ammo Kolumbiya terma jamoasi murabbiylar shtabi uni milliy jamoaga chaqirdi. Kolumbiyaliklar JCH-2018 saralash o'yinlari doirasida 7 oktyabr kuni Paragvay, 11 oktyabr kuni Urugvay terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca