Xames APLga ko'chib o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
24 sen 2018, 21:28
"Liverpul" ayni damda "Bavariya"da o'ynayotgan "Real"ga tegishli bo'lgan Xames Rodrigesning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Football Espana xabariga ko'ra, "qizillar" keyingi yili yozda futbolchini sotib olishga urinib ko'rishadi. Agarda sotib olishning iloji bo'lmasa, futbolchini ijaraga olishmoqchi. Kolumbiyalikning "Bavariya" bilan shartnomasi 2019 yilda o'z yakuniga etadi.

Bu mavsumda Xames "Bavariya" tarkibida 5 o'yinda 2 gol urdi va shuncha golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana