Xamann: "Firmino premer-ligaga tezda ko'nikib ketadi"

27 iyun 2015, 00:39
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Ditmar Xamann mersisaydliklarning yangi futbolchisi Roberto Firmino xususida gapirib o'tdi.
– Bu Firmino uchun oldinga tashlangan qadamardan biri hisoblanadi. Men Firmino ishtirokidagi ko'plab o'yinlarni ko'rganman. Bu futbolchi menga yoqadi. Firmino futbolchi sifatida juda tez o'smoqda. Men u bilan ishlagan barcha bilan gaplashgan bo'lsam, ularning hammasi uning ishidan qoniqishayotganini bildirishgan. Firmino nafaqat braziliya futboli havosidan nafas olgan, balki yevropa futbolini ham yaxshi biladi. Shu bois uning premer-ligaga ko'nikib ketishi oson kechadi deb o'ylayman.

Eslatib o'tamiz, Roberto Firmino "Xoffenxaym"dan Angliyaning "Liverpul" klubiga ko'chib o'tdi.

Manba: soccer.ru