

Lissabonliklar musobaqa doirasida o'tkazilgan barcha uchrashuvlarda zafar quchishdi. Ilk o'yinda Portugaliya chempioni Meksikaning Gvadalaxara klubini yirik hisobda (3:0) taslim etdi. Keyin esa Brunu Laje shhogirdlari Fiorentina (2:1) hamda Milan (1:0) ustidan zafar qozonishdi.
Ushbu turnir doirasida so'nggi ikkita o'yin qoldi. Bugun, 4 avgust kuni Tottenxem – Inter bahsi bo'lib o'tsa, 10 avgust sanasida Atletiko – Yuventus uchrashuvi o'tkaziladi.




