Xalqaro Chempionlar Kubogi-2019. Bugun "Real" – "Arsenal" hamda yana uchta o'yin o'tkaziladi

Eldor Akmurzayev
24 iyul 2019, 00:50
Xalaqaro Chempionlar Kubogi mavsumoldi o'rtoqlik turnir doirasida bugungi kundan to'rtta bahs o'rin olgan.

Ularning birinchisi, Toshkent vaqti bilan 04:00da Real hamda Arsenal uchrashuvi bilan boshlanadi. O'yin AQSHning Merilend shtatidagi Fedeks-fild o'yingohida bo'lib o'tadi.


Soat 06:00da Bundesliganing amaldagi g'olibi Bavariya Kanzas-Siti shahridagi (AQSH, Missuri shtati) Childrens Mersi Park arenasida Milanga qarshi to'qnash keladi. 


Mazkur uchrashuv bilan parallel tarzda Arlingtondagi (AQSH, Vashington shtati)  Glob Layf Park stadionida Meksikaning Gvadalaxara hamda Atletiko o'rtasidagi o'yin ham start oladi.


Kunning so'nggi uchrashuvi esa Xitoyning Nankin shahridagi Olimpiya o'yingohida Yuventus va Inter o'rtasida bo'lib o'tadi. Ushbu to'qnashuv 16:30ga belgilangan.


Hozircha turnir jadvali quyidagicha ko'rinish olgan:

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia