Xall futbolchisi Jo Xartga tupurgani uchun 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

Aziz Tukhtamuradov
20 mar 2014, 21:06
Xall hujumchisi Jordj Boyd "Manchester Siti" darvozaboni Jo Xartga tupurgani uchun 3 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.
Boyd va Xart o'rtasidagi ushbu voqea o'yin paytida Boyd "shaxarliklar" darvozasiga penalti talab qilgan vaqtda ro'y bergan.

O'yin 2:0 xisobida manchesterliklar foydasiga xal bo'lgan edi.

Endi futbolchi Vest Bromvich, Vest Xem va Stok Siti jamoalariga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru