Xalk Spalettining iste'fosi sabab "Zenit"ni tark etmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
12 mar 2014, 18:01
Zenitning eng asosiy o'yinchilaridan biri Xalk Braziliyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati yakunlanganidan so'ng jamoasini o'zgartirishni mo'ljallamoqda.

Bu masala yuzasidan futbolchi klub raxbariyati bilan uchrashgan va ulardan yozda o'zini transferga qo'yishlarini so'ragan.

-  Xalk Yevropaning top klublariga o'tishi mumkin. Bu jamoa Angliyadan bo'lishi extimoli yuqori. Britaniyaning yetakchi jamoalari uchun 50 mln evro u darajada katta pul emas, - deb aytib o'tdi futbolchining agenti Shandor Varga. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net