Xakimi: "Real"da qolmoqchi va o'rin uchun kurashmoqchi edim, ammo klub boshqacha qaror qabul qildi"

Alisher
3 may 2021, 09:48
"Real"da tarbiya topgan "Inter" himoyachisi Ashraf Xakimi ispan grandi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Xavbek Milan jamoasi tarkibida Italiya chempioniga aylandi.

"Real" mening uyim edi, men u yerda qolmoqchi va o'rin uchun kurashmoqchi edim, ammo klub boshqacha qaror qabul qildi. Men Zidanni ham, rahbariyatni ham ayblay olmayman. Menimcha, madridliklarda sotuvni amalga oshirishga huquq bor edi", - deydi Xakimi.

22 yoshli marokashlik futbolchi "Inter"ga "Real"dan 2020 yilning yozida o'tgan edi. U bunga qadar Dortmundning "Borussiya" klubida ijara asosida o'ynadi.

Xakimi joriy mavsum 41ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: El Chiringuito