
"Birinchi bo'limda biz ikkita gol urdik. O'yin menimcha muxlislarga yoqdi. Ammo bugun himoyada ko'p xato qildik. Bunday havoda o'ynash og'ir, ammo shunga qaramay yaxshi o'ynadik. Ilhom Suyunov yaqinda jamoa safiga qo'shildi. U ayni paytda jismoniy yuklamalarni olmoqda. Ikki haftalardan so'ng u o'zining oldingi holatiga kirib olishi mumkin. Bugun tarkibimizda zaxiradan maydonga tushirilgan o'yinchilar o'yinni kuchaytira olishmadi. "Lokomotiv" juda yosh jamoa, ammo javob bahsidan oldin hali hech nima aniq emas. Barchasi javob bahsida ma'lum bo'ladi", - deydi Xakim Fuzaylov.