

Nomzodlar orasida Fransesk Fabregas, Imanol Alguasil va Erik ten Hag bor.
37 yoshli Fabregas 2024 yilning yozidan beri uzoq vaqtdan keyin birinchi marta A Seriyada ishtirok etayotgan "Komo" jamoasini boshqarmoqda. Uning qo'l ostida jamoa 34 turdan so'ng 11-o'rinni egallab turibdi. Bu elit divizionining yangi a'zosi uchun ajoyib natija hisoblanadi.
Yana bir ehtimoliy nomzod – 2018 yilning dekabridan beri "Real Sosedad" bilan ishlab kelayotgan Imanol Alguasildir. 53 yoshli mutaxassis mavsum yakunida klubni tark etishini ma'lum qilgan. Hozirda uning jamoasi 33 ta o'yin o'tkazib, Ispaniya chempionatida 10-o'rinda bormoqda.
Shuningdek, o'tgan yilning oktyabr oyida "Manchester Yunayted"dan iste'foga chiqarilgandan so'ng ishsiz qolgan Erik ten Hag ham short-listga kiritilgan.



