Xabi Alonso: Levandovski “Bavariya”da qolgani maqul

22 mar 2018, 00:20
Sobiq futbolchi sobiq jamoadoshi haqida fikr bildirdi.

“Robert - dunyoning eng yaxshi 9 raqamli o'yinchilaridan biri. Ammo uning “Bavariya”da qolgani maqul. Har yili Germaniyada u qo'yilgan maqsadga erishadi, bundesligani va klubni biladi, doimo sovrinlarni yutmoqda. Levandovski yangi tajribaga tayyormi? Qo'ying, o'zi hal qilsin” - deydi Alonso.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Robert Levandovskini sotib olishga ko'nganligi haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sportbuzzer