Xabi Alonso "Bayer"dan Madridga asosiy himoyachisini olib ketadi

Sherzod Nurmatov
22 may 2025
"Bayer" va Ekvador terma jamoasi himoyachisi Pero Inkape Madridga yetib keldi, u yerda uni aeroportda ko'rishdi.

Bu haqda "El Chiringuito" nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 23 yoshli Inkape "Real"ga o'tishga yaqin turibdi. Din Xyoysen bilan shartnoma imzolangach, Madrid klubi himoyadagi raqobatni kuchaytirish uchun boshqa markaziy himoyachi qidirmoqda.

Ispaniyalik murabbiy Xabi Alonso Inkapeni shaxsan tavsiya qildi. Himoyachi Alonso tizimidagi asosiy o'yinchi va murabbiy uni "qaymoqranglilar" tarkibida ko'rishni istamoqda.

Inkape 2021 yildan beri "Bayer" sharafini himoya qiladi. U joriy mavsum 45 o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Leverkuzen klubi bilan shartnoma 2029 yilgacha amal qiladi, tovon puli – 60 mln evro.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Chiringuito