

"Bavariya" mening so'nggi professional klubim bo'ladi deb o'ylayman. Hozircha tanam va ruhiy tayyorgarligim bu klubda to'p tepishga imkon beradi. Professional futbolda oldinga qadam tashlayman deb o'ylamayman. Italiyada o'ynashni istagandim, ammo vaqtni aldab bo'lmaydi. "Bavariya" bilan shartnomamga to'xtaladigan bo'lsak, hozircha bir qarorga kelmadim. Vaqt hammasiga javob beradi" - deydi Alonso.
Xabi Alonsoning klub bilan shartnomasi 2017 yilning yozida yakuniga etadi.



