"We will be back". Zlatan Ibragimovich Arnold Shvarcenegger bilan tushgan suratini namoyish etdi

Aslanov Jasurbek
24 yanv 2026, 19:46
Shvetsiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich Avstriyaning Kicbyuel tog'-chang'i kurortida mashhur gollivud akteri va Kaliforniya shtatining 38-gubernatori Arnold Shvarcenegger bilan uchrashib qoldi.

Ibragimovich o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasiga ushbu uchrashuvdan fotosurat joylashtirdi va unga "Terminator" filmidagi mashhur iboraga ishora qilib: "We will be back" ("Biz qaytamiz"), - deya izoh qoldirdi.

Eslatib o'tamiz, 44 yoshli Zlatan 2023 yilning yozida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. Faoliyati davomida u "Malmyo", "Ayaks", "Yuventus", "Inter", "Barselona", PSJ, "Manchester Yunayted", "Los-Anjeles Gelaksi" va "Milan" kabi grand jamoalar sharafini himoya qilgan. Yaqindagina shvetsiyalik yulduz o'z faoliyatidagi ulkan yutuqlari uchun UEFAning maxsus mukofoti bilan taqdirlangan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/Ibra_official