"Vulverxempton" kibersport tashkiloti bilan hamkorlik qiladi

Sherzod Nurmatov
30 iyul 2021, 22:57
Evil Geniuses kibersport tashkiloti Angliyaning "Vulverxempton" klubi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yganini e'lon qildi.

Kibersport tashkiloti "Vulverxempton" futbol klubiga egalik qiluvchi Xitoyning Fosun Sports Group konglomeratidan sarmoya jalb qildi va barchasi ana shundan boshlandi. 

Endilikda ular mahsulotlarni umumiy brend asosida birgalikda ishlab chiqarishadi.

Dastlabki hamkorlik shartlariga ko'ra Evil Geniuses libosida "bo'rilar" brendi namoyon bo'ldi.

Ma'lumot uchun, Evil Geniuses hozirgi paytda 255 million dollarga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Evil Geniuses