"Vulverxempton" Adama Traoreni "Tottenxem"ga ijaraga berib yubormoqchi emas

Alisher
27 avg 2021, 14:07
"Vulverxempton" forvardi Adama Traore klubda qolishi mumkin.

25 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun "Tottenxem" da'vogarlik qilmoqda, ammo "bo'rilar" o'yinchini ijaraga berib yuborishmoqchi emas, aksincha, uni o'z jamoalarida saqlab qolishmoqchi.

Bundan tashqari, Traore sobiq "Vulvz" ustozi Nunu Eshpiritu Santu boshqarayotgan London klubiga o'tishni xohlamoqda.

Ispaniyalik futbolchi 2020/21 yilgi mavsum 41ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph