"Vorskla" mavsumni durang bilan boshladi, Sanjar Tursunov 79 daqiqa o'ynadi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2015, 08:35
Ukraina chempionatining 1-turida "Vorskla" o'z maydonida "Volin" klubini qabul qildi.

Uchrashuvda hisobni mehmonlar ochishdi. O'yin tugashiga 9 daqiqa qolganida Shinderning aniq zarbasi evaziga "Vorskla" mag'lubiyatdan qutulib qoldi - 1:1.

Hamyurtimiz Sanjar Tursunov "Vorskla" safida 79 daqiqa harakat qildi.

Vorskla – Volin 1:1 (0:0, 1:1)
18 iyul, 21.30, Vorskla A.Butovskiy nomidagi stadion
Gollar: 0:1 – 57 Kobaxidze, 1:1 – 81 Shinder.
Vorskla – Bogush, Sapay, Dallku, Tkachuk, Siminin, Sklyar, Tkachuk, Sanjar Tursunov (Barannik, 79), Gromov (Mishenko, 87), Kovpak (Bartulovich, 61), Shinder.
Volin –  Shust, Nasonov, Junich, Shabanov, Polevoy, Kravchenko, Politilo, Kobaxidze, Gumenyuk (Xomchenko, 74), Memeshev, Didenko.
Ogohlantirishlar: Nasonov (19), Tkachuk (28), Didenko (48), Sklyar (51), Shabanov (55), Dallku (56), Kravchenko (67), Tkachuk (69), Junich (71).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia