Volid Abbos: "Menda o'zbek jamoalariga qarshi o'yinlarda tajriba bor"

Tolibjon Qosimov
7 apr 2015, 11:40
Kecha “Al-Ahli” jamoasi Qarshidagi “Markaziy” stadionda o'yinoldi mashg'uloti o'tkazdi.
Bo'lajak o'yin haqida jamoaning 5-raqamdagi mohir himoyachisi Volid Abbos ham klub rasmiy saytiga kecha  qisqacha intervyu berib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– “Nasaf”ga qarshi uchrashuv biz uchun qiyin bo'lishi turgan gap. Aslida raqibimizga ham xuddi shunday.  Oldimizda g'alaba qozonib, guruhdagi mavqeimizni yaxshilash vazifasi turibdi. “Nasaf” ilk o'yinda juda yaxshi o'ynadi, endi ular o'z maydonida undanda yaxshi o'ynashi turgan gap. Ammo biz ham ushbu o'yinga astoydil tayyorgarlik ko'rdik. O'zbek jamolari jismonan kuchli va hujumkor o'yin namoyish etishadi. Menda ularga qarshi o'ynashda tajriba bor. Biz uchrashuvda ijobiy natijani qo'lga kiritishga harakat qilamiz, – deydi Volid Abbos.

Futbolchi haqida kichik ma'lumot:

Ismi sharifi: Volid Abbos

Ampluasi: himoyachi, 5-raqamda o'ynaydi

Tug'ilgan sanasi: 11.06.1985

Fuqoroligi: BAA

Bo'yi: 182 sm

Vazni: 71 kg

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: voha.uz