"Volfsburg" "Zalcburg" himoyachisini xarid qildi

16 yanv 2020, 03:37
Avstriyaning "Zalcburg" klubi markaziy himoyachisi Marina Pongrachich faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettiradi.

U 10 mln evro evaziga "Volfsburg" klubi safiga qo'shildi. Nemis klubi Pongrachich bilan 2024 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi. 22 yoshli xorvatiyalik futbolchi yangi jamoasi tarkibida 22-raqam ostida harakatlanadi.

Ma'lumot uchun, Pongrachich Avstriya chempionatining 2018 va 2019 yilgi mavsumlarida "Zalcburg" bilan chempionlikni tantana qilgan. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports