"Volfsburg" polshalik iqtidorli hujumchi bilan shartnoma imzoladi

19 avg 2020, 20:41
"Volfsburg" klubi matbuot xizmati polshalik markaziy hujumchi Bartosh Byalekning transferini e'lon qildi.

18 yoshli futbolchi bilan imzolangan shartnoma 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

O'tgan mavsum "Zaglembe" (Polsha) tarkibida 68 o'yin o'tkazgan Byalek 21 gol, 6 ta samarali uzatmani amalga oshirgan. 

Transfermarkt portali xabariga ko'ra, "Zaglembe" Bartoshning transferidan 5 mln evro ishlab olgan. 

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/VfLWolfsburg