"Volfsburg" - "Bavariya" uchrashuvi o'z vaqtida boshlanadi

Narzulla Saydullayev
8 mar 2014
Xabaringiz bor, bugun Germaniya bundesligasi 24-tur uchrashuvlari boshlanadi.
Biroq tur doirasidan o'rin olgan "Volfsburg" - "Bavariya" uchrashuvi o'tkazilishi so'roq ostida turgandi. Boisi Volfsburg shahrida sodir bo'lgan elektr nosozligi tufayli uchrashuv o'tkaziladigan stadion atrofida chiroqlar o'chib qolgandi. Shuning uchun mazkur bahsning o'tkazilish vaqti o'zgartirilishi mumkin ekani aytilayotgan edi.

Ammo bir necha daqiqa avval "Volfsburg" jamoasi matbuot kotibi Oliver Shraft uchrashuvning o'z vaqtida boshlanishini ma'lum qildi:

- Uchrashuv vaqti o'zgarmaydi. Bu haqda ma'lumot oldik. Match o'z vaqtida boshlanadi, - dedi Shraft.

Eslatib o'tamiz, "Volfsburg" - "Bavariya" uchrashuvi bugun 19:30da boshlanishi ko'zda tutilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com