"Vodiy futboli": "Neftchi" bugun yangi futbolchilarni tanishtiradi

Narzulla Saydullayev
5 avg 2015, 16:47
Vodiy klublari 17-turga tayyorgarlikni boshlashdi.

"Neftchi": Bugun yangi futbolchilar tanishtiriladi

Bugun, 5 avgust kuni soat 17.30da “Qirguli” stadionida  “Neftchi” PFK yangi o'yinchilarni tanishtiradi. Bu tadbirga futbol muxlislari va sport jurnalistlarini taklif etamiz.

Ikkinchi davra oldidan "Neftchi"ga Adrian Kashkaval, Abdumavlon Abdujalilov va Otabek Isroilov kelib qo'shildi.


"Qo'qon-1912": "Paxtakor" bilan o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Bir kunlik tatildan keyin "Qo'qon-1912" a'zolari yana mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda. Aniqrog'i, kecha Rustam Abdullaev shogirdlari “Paxtakor” bilan bo'ladigan o'yinga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Futbolchilarning kayfiyati yaxshi. Barcha mashg'ulotlarda astoyidil mehnat qilmoqda.

"Qo'qon-1912" 8 avgust kuni Toshkentda amaldagi chempion - “Paxtakor” mehmoni bo'ladi.


"Navbahor": Tohir Shamsiddinov maydonga qaytdi

Jamoamiz himoyachisi Tohir Shamsiddinov yarim yillik tanaffusdan so'ng yana maydonga qaytdi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safida xalqaro musobaqada qatnashib diskvalifikaciyaga uchragan Shamsiddinov PFL tomonidan avf etildi. Shu bois himoyachi ikkinchi davrada maydonga tushishga ruxsat oldi.

U Muborakda "Mashal"ga qarshi bahsda to'liq o'ynadi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia