"Vodiy futboli": "Qo'qon-1912": Doniyor Usmonov ketdi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2015, 14:30
Vodiy klublari davralar oralig'idagi tanaffusga chiqib ketishdi.

"Qo'qon-1912": Doniyor Usmonov "Lokomotiv"ga qaytdi

Yiil boshida "Qo'qon-1912" klubiga ijaraga kelgan hujumchi endi yana o'z jamoasiga qaytadi. Huquqiy jihatdan Toshkentning "Lokomotiv" klubiga tegishli bo'lgan Usmonov katta ehtimol bilan "temiryo'lchilar"ning Avstriyadagi yig'iniga boradi.


"Neftchi": Javohir Rasulov: “Oyog'imdagi gips olib tashlandi”

“Neftchi”ning iqtidorli futbolchilaridan biri Javohir Rasulov yaqinda Toshkentda oyog'ini operaciya qildirgandi. Kuni kecha u bilan bog'langanimizda, quyidagilarni ta'kidlab o'tdi.

- Operaciya ko'ngildagidek o'tdi. Hozir o'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Gips olib tashlandi. Nasib qilsa 3-4 kundan so'ng yakka tartibda yugurishni boshlayman – deydi Rasulov.


"Navbahor": Tayyorgarlikning asosiy qismi Toshkentda olib boriladi

"Navbahor" ikkinchi davraga tayyorgarlikning asosiy qismini Toshkentda olib boradi. Murabbiylar shtabi, Namangan viloyatida etarli sharoitlarni mavjud emasligi va o'yin amaliyotini saqlab turish uchun munosib raqibni yo'qligi bois poytaxtda shug'ullanishni lozim topishgan ko'rinadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia