"Vodiy futboli". Bugun vodiy klublari kubok o'yinlarini o'tkazadi

Aziz Tukhtamuradov
23 iyun 2015, 15:44
Bugun vodiyning uch klubi O'zbekiston kubogi 1/8 finali javob uchrashuvini o'tkazishadi.
"Navbahor": Bugun "Lokomotiv"ga qarshi o'yin

Namanganning "Navbahor" klubi bugun Kubok doirasida "Lokomotiv" bilan bellashadi. Ilk uchrashuv Toshkentda o'tgan va unda "lochinlar" 0:2 hisobida yutqazib qo'yishgandi.

Bugungi o'yin soat 18:00 da boshlanadi.


"Andijon": Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'lamiz

Edgar Gess boshchiligidagi "Andijon" klubi keyingi bosqichga chiqishga yaqin turibdi. Sababi ilk o'yinda "burgutlar" 3:1 hisobida g'alaba qozonishgandi. Bugungi javob o'yini soat 18:30ga belgilangan.


"Neftchi": "Buxoro"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik davom etadi

Farg'onaning "Neftchi" klubi o'z qarorgohida oliy liganing 14-turidan o'rin olgan "Buxoro" klubiga qarshi o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoa a'zolari kechki payt Qirgulida navbatdagi mashg'ulotni o'tkazishadi. Eslatib o'tamiz, "Neftchi" - "Buxoro" o'yini 26 iyun kuni "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadi.


"Qo'qon-1912": Bugun "So'g'diyona" bilan o'yin

Qo'qonning "Qo'qon-1912" jamoasi bugun Jizzaxning "So'g'diyona" klubini qabul qiladi. Uchrashuv soat 18:00da Qo'qondagi "Markaziy" stadionida boshlanadi.

Dastlabki uchrashuvda "So'g'diyona" 1:0 hisobida zafar quchgandi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia