

"Football Transfers" ma'lumotiga qaraganda, garchi "Yuventus" 24 yoshli futbolchisining transfer shartlarini pasaytirgan bo'lsa-da, "Arsenal" transferga rozilik bildirmagan. Lekin London klubi xochsimon paylari jarohati sababli safdan chiqqan Gabriel Jezusning o'rniga hujumchi izlashda davom etadi.
Vlaxovich ushbu mavsumda barcha turnirlarda 25 o'yinda qatnashib, 12 gol va 2 assist qayd etdi.



