Vlaxovich A Seriyada 22 yoshigacha 50ta gol urdi

Mirjalol Normatov
17 apr 2022
"Yuventus" forvardi Dushan Vlaxovich A Seriya doirasida "Bolonya"ga qarshi o'yinda hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi.

Serbiyalik forvard 22 yosh 78 kunligida A Seriyadagi 50-golini urdi. Bu uning yoshidagi ikkinchi eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.

Rekordchi - Aleshandre Pato. U 2011 yilda 21 yosh 220 kunligida 50ta gol urib bo'lgandi.

Ushbu mavsumda Vlaxovich A Seriyada 23 gol va 3 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal