Vlashich A Seriyaga yo'l olishi mumkin

Alisher
20 iyul 2020, 15:49
SSKA yarim himoyachisi Nikola Vlashich faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda.

Xorvatiyalik o'yinchining vakillari Vlashichning xizmatlarini "Napoli"ga taklif etishgan.

SSKA futbolchi uchun 15 million evro talab qilmoqda, o'yinchining yangi klubidagi maoshi yiliga 1,5 million evroni tashkil etishi mumkin.

Futbolchi joriy mavsum RPL doirasidagi 29ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assist qayd etdi.


Manba: metaratings.ru

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif