

FIFA referisi Vladislav Seytlin olib borgan seminarda “Bunyodkor” futbol klubining asosiy tarkib jamoasi murabbiylari va futbolchilari ishtirok etishdi. Videomateriallar yordamida o'tkazilgan seminarda asosan Angliya premer-ligasi uchrashuvlarida yuz bergan bahsli vaziyatlar hamda futbol qoidalariga kiritilgan yangi o'zgarishlar haqida ma'lumotlar berildi. Futbolchilarni qiziqtirgan savollarga Vladislav Seytlin batafsil javoblar berdi.
Umuman olganda, ushbu seminarda ishtirok etgan “qaldirg'ochlar” futbol qoidalariga kiritilgan eng so'nggi yangiliklar haqida etarlicha ma'lumotga ega bo'lishdi.







