

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, taniqli hujumchi davralar oralig'idagi tanaffusdan unumli foydalanib Rossiyaga jo'nab ketgan.
Biroq futbolchi hanuz ortga qaytmayapti. Yurtimizda ikkinchi davra o'yinlari start olishi arafasida turgan bir paytda Shishelovning hamon "Qizilqum"ga nima uchun qaytmayotgani hozircha qorong'u. Extimol 35 yoshli futbolchiga Rossiya jamoalaridan qiziqarli takliflar bo'layotgandir.
Eslatib o'tamiz, Shishelov birinchi davrada 11ta o'yinda ishtirok etib, raqiblari darvozasini 3 bor ishg'ol etgan.



