Vladimir Nikitenko: "Geynrix va Kapadze yo'qligi uchun taktikamizga o'zgartipish qilishga to'g'ri keladi"

18 iyul 2013, 09:26
Xabaringiz bor bugun Yevropa ligasi doirasidagi saralashning "Xedd" - "Aktobe" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Norvegiyadagi uchrashuvga hamyurtlarimiz viza muommosi tufayli uchib keta olmadi.
Kecha bo'lib o'tgan o'yin oldi matbuot anjumanida mana shu vaziyat bo'yicha "Aktobe" bosh murabbiyi Vladimir Nikitenko javob berib o'tdi.

"Geynrix va Kapadzening yo'qligi uchun tarkibda va taktikamizda o'zgarish bo'lishi aniq. Lekin hozircha bu haqida gapirishga erta deb o'ylayman. O'yin ertaga va o'yinga ikki soat qolganda hammasi ma'lum bo'ladi. Uchrashuvda qanday taktika va tarkibda o'ynashimiz haqida ham bugun hech narsa deya olmayman", deya aytib o'tadi qozog'istonliklar bosh murabbiyi.

Manba: championat.asia