Vladimir Bubanya: "Umid qilamanki, kubokda ham "Turon"dan ustun kelamiz"

Iskandarov Abdulaziz
14 avg 2022, 17:10
Xabaringiz bor, Pro liganing navbatdagi turida "Andijon" va "Turon" jamoalari o'zaro to'qnash keldi.



Uchrashuvda mezbonlarga g'alaba keltirgan yagona golga Vladimir Bubanya mualliflik qildi. Uchrashuvdan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik. 

-  Vodiy derbisining har ikki jamoa uchun muhimlilik darajasi yuqori turgandi. Qimmatli uch ochkoga esa "Andijon" ega chiqdi. Uchrashuvning ahamiyati yana nimalarda edi? Umuman o'yin surati natijaga mos bo'ldimi?

-  Muhim o'yinda zarur uch ochko olganimizdan xursandman. Biz bu ishni qo'limizdan kelishini isbotladik. Chunki uyda muxlislarimiz qarshisida xato qilishga haqqimiz yo'q. O'yinni nazorat qildik. Raqib ham etarlicha qarshilik ko'rsatdi. 

- "Turon" safida Pro liga to'purari bo'lib turgan Humoyun Murtozaev bor edi. U har bir o'yinda gol urib kelmoqda. Himoyachi sifatida uni qanday zararsizlantirdingiz? 

- Humoyun kuchli futbolchi. Lekin biz ham kam emasmiz (kuladi). 

- "Andijon" brinchi davrada ham "Turon"ni Yaypanda mag'lub etgan edi. Oldinda kubok bahsi kutib turibdi...

-  Umid qilamanki, kubokda ham ulardan ustun kela olamiz. Kim yaxshi ekanligini yana bir bor ko'rsatamiz. 

- Bu g'alaba chempionlik yo'lida katta qadam tashlanganiga ishorami?

- Bo'shashish kerak emas. Oldinda o'yinlar ko'p. G'alabalarimizda muxlislarning ham hissasi katta bo'lmoqda. Ular bilan maydonda 12 kishi bo'lib to'p tepamiz. Qo'llab-quvvatlashayotgani uchun rahmat aytaman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia